35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — kelajak poydevori

 Maktabgacha ta’lim va tarbiya — kelajak poydevori

✅ Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolaning har tomonlama rivojlanishi, uning ta’lim olishga tayyorgarligi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun muhim bosqich hisoblanadi. Shu bois ushbu sohani rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

✅ O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuni aynan shu yo‘nalishdagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mazkur Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi asosiy tushunchalar, davlat siyosatining yo‘nalishlari hamda ushbu tizimdagi munosabatlarning huquqiy asoslarini belgilaydi.

✅ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan bir qatorda ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bolaning maktabgacha yoshdagi olgan bilim va ko‘nikmalari uning keyingi ta’lim bosqichlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

✅ Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Shuningdek, ota-onalar va qonuniy vakillarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati ham muhim o‘rin tutadi. Bola tarbiyasida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning rivojlanishi uchun shunchalik yaxshi imkoniyat yaratiladi.

✍✍✍ Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolaning kelajagi, jamiyat taraqqiyoti va yurt ravnaqining muhim poydevoridir. Ushbu sohani rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash barchamizning umumiy vazifamizdir.
 

Slide 1 of 1