35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_tavsiya

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan hududdagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabning o‘quv xonalari, mavjud shart-sharoitlari, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, ta’lim jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning sport zali ham ko‘zdan kechirilib, uning sanitariya holati, jihozlanishi hamda o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari o‘rganildi.Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ham deputatga hamrohlik qildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktabda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1