35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQBOLLI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISHI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari – inson qadri va qonuniy kafolati

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari – inson qadri va qonuniy kafolati

✅ O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

✅ Mazkur qonunning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ularning manfaatlarini ta’minlash hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida teng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

✅ Qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Shuningdek, ularning shaxsiy daxlsizligi, qadr-qimmati va mustaqil hayot kechirish huquqlari qonun bilan kafolatlangan.

✅ Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅ Xalq deputatlari tuman kengashi deputati sifatida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazorat qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z faoliyatimning muhim vazifalaridan biri deb bilaman.

✅ Qonunda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan:
✅ nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;
✅ ta’lim olish uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
✅ bandlikni ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish;
✅ sog‘liqni saqlash va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅ transport, axborot va ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish;
✅ jamiyatda insonparvarlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash.

✅ Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatimizning teng huquqli a’zolaridir. Ularning bilim va tajribasi, mehnati va salohiyati mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

✅ Shu bois, har birimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishimiz, ularning huquqlarini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

✅ Qonunni bilish huquqiy madaniyatni oshirishning muhim omilidir. Fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini yuksaltirish esa adolatli va insonparvar jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

✍✍✍ Inson qadri – yurt qadri. Nogironligi bo‘lgan har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish barchamizning umumiy burchimizdir.

🌐🌐🌐 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi

Slide 1 of 1