35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQBOLLI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISHI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
YANGISHAHAR KO‘CHASI: ZAMONAVIY VA OBOD SAYR MASKANIGA AYLANMOQDA
Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliev A. tomonidan o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida hududning mavjud holati, olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda ko‘chani zamonaviy va qulay sayr maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🌿 Loyiha doirasida:
🟢 keng va zamonaviy piyodalar yo‘laklarini tashkil etish;
🟢 yashil hududlarni kengaytirish va sug‘orish tizimini yaxshilash;
🟢 favvoralar hamda zamonaviy avtoturargohlar barpo etish;
🟢 mavjud savdo obyektlarini yagona dizayn konsepsiyasi asosida tartibga keltirish;
🟢 aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay infratuzilma yaratish ko‘zda tutilgan.

🏗O‘rganish jarayonida hududdagi ishlarning borishi tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni hal etish, obodonlashtirish ishlarining sifatli va tizimli olib borilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝Deputatlik nazorati — hudud obodligi va xalq manfaatlari yo‘lida!

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 2