35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQBOLLI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISHI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
BEPUL DORI-DARMONLAR — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA

 BEPUL DORI-DARMONLAR — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA

✅ 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna 3-sonli oilaviy poliklinikada fuqarolarga belgilangan tartibda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rgandi.

🔹 Tashrif davomida fuqarolarga bepul ajratiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash hamda aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, dori-darmon ta’minoti yuzasidan fikrlari o‘rganildi.

📌 Aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, ayniqsa, imtiyozli toifaga mansub fuqarolarga belgilangan bepul dori-darmonlarni o‘z vaqtida yetkazib berish muhim vazifalardan biridir.
Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni doimiy ravishda o‘rganib borish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlik qilish hamda fuqarolar murojaatlarining qonuniy hal etilishini nazoratga olish belgilandi.

🌿 Inson salomatligi — oliy qadriyat.
Aholi manfaatlari — doimo e’tiborda!

Slide 1 of 1