35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
Qaror ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hamda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari bilan birgalikda Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2026-yil 28-iyuldagi VII-30-70-2-33-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.

🔍Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yil II chorak yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Vobkent tumani aholisidan jami 763 ta murojaat kelib tushgan.

📣Mazkur murojaatlar yuzasidan qayta oʻrganishlar oʻtkazilib, fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalarni ijobiy hal etish, muammolarning sabablarini chuqur oʻrganish hamda ularning takroran yuzaga kelishining oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

💬 Oʻrganish yakunlari boʻyicha murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni qonuniy va adolatli hal etish, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2