Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norovlar tomonidan Prezidentning PQ–393-sonli qarori ijrosi doirasida Istiqlol mahallasidagi bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Jumladan, 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun barpo etilayotgan 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Loyihaning qiymati 3 milliard 384 million 329 ming so‘mni tashkil etadi.

🔽O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni elektr tarmog‘iga ulash, transformator atrofini o‘rash va qozonxona faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktabda inklyuziv ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun zamonaviy lift o‘rnatilgani alohida ta’kidlandi. Mazkur qulaylik imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning maktab binosida erkin harakatlanishi va ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoit yaratmoqda.

🔽Yangi bino foydalanishga topshirilishi bilan o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti kengayadi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish va jamoatchilik nazorati ishlari davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 9