Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
NURONIYLAR E’TIBORDA — QONUN IJROSI AMALDA

🌿 NURONIYLAR E’TIBORDA — QONUN IJROSI AMALDA

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasi Navoiy shahar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

⚖️ Qonunchilik asosida

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga oid PF-4906-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

🤝 O‘rganish davomida nuroniylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasidagi ishtirokini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, nuroniylar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

✨ Nuroniylarga e’tibor — inson qadriga e’tibor!

Slide 1 of 3