Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Xalq tashabbusi bilan boshlangan loyiha — yakuniy bosqichda!

2026-yil 1-mavsumda O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sherobod tumani Zarabo‘g‘ mahallasidagi Shalqon–Zarabo‘g‘ qishloqlari oralig‘ida mavsumiy oqib keluvchi sel suvlaridan foydalanish maqsadida kichik suv havzasi qurish loyihasi g‘olib deb topilgan.
💰 Loyiha qiymati — 1 500,0 mln so‘m.
🏗 Ayni paytda mazkur loyiha doirasida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kelib qolgan.
Loyihaning amalga oshirilishi jarayoni bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabo‘g‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich joyiga chiqqan holda tanishdilar.
📍 O‘rganish davomida qurilish ishlarining bugungi holati, bajarilgan ishlar hamda loyihaning yakuniga yetkazilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha mavsumiy sel suvlaridan samarali foydalanish, suv resurslarini asrash va hudud aholisi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 💧🌱

Xalq ovozi bilan tanlangan tashabbusning amaliy natijaga aylanayotgani — aholi xohish-istaklarining hayotda o‘z ifodasini topayotganining yana bir namunasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5