Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “ADOLAT” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “ADOLAT” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏛 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanidagi “Adolat” mahallasi hududi ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda hududdagi dolzarb masalalar joyida o‘rganildi.

🌳 Fuqarolar murojaati asosida “Adolat” mahallasidagi 80/14- va 80/1-uylar oldidagi yashil hududda “Yashil bog‘” barpo etish bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori ijrosi joyida ko‘zdan kechirildi.

📝 Mazkur qarorga muvofiq, mahalla hududidagi 2 500 kvadrat metr yer maydonida “Yashil bog‘” barpo etilishi belgilangan bo‘lib, hududni yashillashtirish, mavjud daraxtlarni saqlash, ularni muntazam sug‘orish, oziqlantirish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 “Yashil bog‘”ni kelgusida mahalla aholisi uchun obod, qulay va ekologik barqaror dam olish maskaniga aylantirish, yashil hududni asrab-avaylash hamda Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🔺 Shuningdek, Rixsiliy ko‘chasida mahalla ehtiyojlari uchun ajratilgan 7 sotix yer maydonidan foydalanish holati ham o‘rganildi. Mazkur hududning ayrim xonadon egalari tomonidan o‘rab olinib, mahalla aholisining umumiy foydalanish imkoniyati cheklangani hamda hududning bir qismidan foydalanilayotgani aniqlandi.

🗣 Senator Rustamxon Kalanov holatni joyida ko‘zdan kechirib, mahalla uchun ajratilgan hududdan barcha fuqarolarning teng va erkin foydalanishini ta’minlash, hududni ochish hamda bog‘ni mahalla aholisining umumiy foydalanishiga qaytarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

🔎 Shu bilan birga, mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yashil hududlarning saqlanishi, ichki ko‘chalar va jamoat joylarining holati ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

💡 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi o‘rganishlar Yunusobod tumanining navbatdagi mahallalarida davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10