Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga 2 mlrd dollar miqdorida investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksport hajmini 320 mln dollarga yetkazish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Shu bilan birga, Surxondaryoda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning oldini olish davlat va jamiyat hayotidagi barcha islohotlar samaradorligini taʼminlaydigan asosiy omil ekanini taʼkidladi.

Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshqaruvning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha ham Surxondaryoga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu bois viloyat rivoji, aholi turmushi, kayfiyati uchun muhim bo‘lgan energetika, qurilish, kadastr kabi sohalardagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar ko‘rsatganidek, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, qurilishda mablag‘larni asossiz sarflash, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish holatlari uchramoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni 50 foizga ortib, ular asosan taʼlim, sog‘liqni saqlash va energetika sohalariga taalluqli ekanligi qayd etildi.

Milliy kengash aʼzolari va mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan ushbu holatlarni tizimli tahlil qilish, ularning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Majlisda viloyatda huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, oilaviy nizolar oqibatidagi jinoyatlarning ortib borgani, bu borada “mahalla yettiligi” va huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikning sustligi, natijada profilaktik ishlar olib borilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, firibgarlik, ayniqsa, kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Majlis yakunida masʼul rahbarlar zimmasiga barcha sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, aholi murojaatlarini tezkor hal etish hamda mahalliy Kengashlar faolligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan bir qator rahbarlar hamda hokim yordamchilari kabi 14 nafar masʼul xodimga nisbatan faoliyatidagi kamchiliklar uchun intizomiy chora ko‘rish, ayrimlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 10