Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yirik investitsiya loyihasi deputatalar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Oltinsoyda tumani Ma’naviyat sektori faoliyati doirasida tumandagi umumta’lim maktablari psixologlari va tarix fani o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Baxrom Maxmatrayemov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga
qarashli umumta’lim muassasalari maktab psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ularga tumanimizning boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari va zamonaviy rivojlanish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
 

Uchrashuv tumandagi ma’naviyat sektori tashabbusi bilan tashkil etilgan "Oltinsoy tarixi va iftixori" ma’naviyat maskanida o‘tdi. Ushbu maskanda buyuk tarixiy shaxslarimiz — jumladan, Sohibqiron Amir Temur bobomizning "Kuch — adolatda!", jadidchilik harakati peshqadamlarining suratlari, taniqli allomalar va vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shgan faxriylarimiz haqidagi ma’lumotlar hamda suratlar joy olgan. 

Mazkur tadbirda tumanimiz faxriylari, hayot yo‘li va faoliyati bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan nuroniylar ham ishtirok etib, ta’lim muassasalari psixologlariga shaxsan tanishtirildi. Ularning bilim, tajriba va hayotiy falsafasa haqidagi o‘gitlari o‘quv-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Bu kabi uchrashuvlar ta’lim tizimi psixologlari va yosh avlod vakillari qalbida ona-Vatanga muhabbat, tarixga ehtirom, milliy o‘zlik va iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

 Oltinsoy tumani Kengash kotibiyati axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 9