Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkaning asosiy maqsadi — bitiruvchi yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, yirik ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydonini yaratish va ularga real bandlik yo‘llarini taqdim etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports, UzAuto Motors, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Texnopark, Enter Engineering, AKFA Holding, BTS, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va yana 120 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti, stajirovka va ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar, rezyume tayyorlash bo‘yicha treninglar, frilans va masofaviy ish imkoniyatlari, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot, amaliyot o‘tash imkoniyatlari, huquqiy yo‘nalishdagi treninglar hamda davlat xizmatiga kirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar bo‘yicha faoliyatlar amalga oshirildi.
“Karyera kuni” yarmarkasi bitiruvchilarni mamlakatdagi yetakchi tashkilotlarga yo‘naltirishda, ularning mehnat bozoriga samarali integratsiyasida muhim amaliy platforma sifatida xizmat qildi. Tadbirda xalq deputatlari Mirodod tuman Kengashi deputatlari M.N.Masharipov, A.Sh.Eshmatovlar tashkilotchi sifatida faol ishtirok etdilar.
 

Slide 1 of 5