Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Ijtimoiy islohotlar yangi bosqichda!!!

2025-yil 15-iyun kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishi – bu oddiy ishchi yig‘ilish emas, balki davlatning ijtimoiy siyosatga bo‘lgan yondashuvini tubdan yangilashga qaratilgan siyosiy signal bo‘ldi. Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda ijtimoiy islohotlarning samaradorligini oshirish, ularni real hayotga tatbiq etish va eng muhimi, xalq ehtiyojiga moslashtirish zarurligi qat’iy belgilab berildi.

Ijtimoiy siyosatning mohiyati – davlat va fuqaro o‘rtasidagi ishonch ko‘prikdir. Ijtimoiy siyosat – bu shunchaki yordam va imtiyozlar tizimi emas. Bu – fuqarolarning farovon hayot kechirishi, imkoniyatlarga ega bo‘lishi, tenglik va adolat muhitida yashashi uchun davlat tomonidan yaratiladigan shart-sharoitlar majmuidir.

Prezident selektorda aynan shu jihatni ochiq-oydin ta’kidladi: ijtimoiy tizimlar raqamli, tezkor va manzilli bo‘lishi kerak. Ya’ni yordamga muhtoj odamning muammosi qog‘ozlarda emas, real hayotda hal etilishi kerak.

Islohotlarda asosiy tamoyil – odamlarga yaqinlashishdir.
Yig‘ilishda bildirilgan tanqidlar va topshiriqlar bugungi ijtimoiy siyosatda qanday muammolar borligini ham ko‘rsatib berdi:
ba’zi tizimlar sust ishlamoqda;
ijtimoiy yordamlar manzilli emas;
hududiy tengsizlik kuchli;
mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy masalalarga yondashuvi yuzaki.

Bularning barchasi ijtimoiy siyosatni odamlar ehtiyojiga yaqinlashtirish, «yuqoridan pastga» emas, balki «fuqaro markazli» yondashuv asosida isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi.

Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijtimoiy siyosatni mutlaqo yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan:

Ijtimoiy yordamlar yagona elektron tizim orqali boshqariladi;
Kam ta’minlangan qatlamlar aniq va shaffof mezon asosida aniqlanadi;
Mahalliy budjet mablag‘lari ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltiriladi;
Har bir fuqaroning muammosi joyida va tezkor hal qilinadi.

Bu yondashuvlar davlatning ijtimoiy siyosatga faqat «ko‘mak beruvchi» emas, balki fuqaroning huquq va qadr-qimmatini himoya qiluvchi institutsional mexanizm sifatida qaralayotganini bildiradi.

Ijtimoiy siyosatdagi tub burilishlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki xalqning davlatdan kutgan asosiy talabi – ijtimoiy adolat, tenglik va imkoniyatdir. Bugungi O‘zbekiston bu tamoyillar asosida harakat qilayotganini isbotlamoqda.

Uhbu selektor esa aynan shu yo‘lda amaliy burilish yasadi. Endi navbat ijroga, ya’ni so‘zdan ishga o‘tishga. Zero, ijtimoiy siyosat kuchli bo‘lmasa, na siyosiy barqarorlik, na iqtisodiy o‘sish, na jamiyatda ishonch bo‘ladi.

Ro’ziyeva Madina O’zXDP Mirobod tuman kengashi deputati
 

Slide 1 of 1