Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
25 июн 2026

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️

imgXalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari — MTDP a’zosi Z.G‘oziyeva, O‘zXDP a’zosi S.Qo‘narova hamda 16-“Mehnatobod” saylov okrugidan O‘zXDP a’zosi K.Sharipovlar tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limida (IIB) o‘rganish o‘tkazildi. 🔍 Deputatlar hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan tezkor-profilaktik ishlarni yaqindan o‘rgandilar. Mahallalarda jamoat tartibini saqlash va profilaktika inspektorlarining faoliyati tahlil qilindi. 🎯 Yakunda xavfsiz muhitni ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢

imgXalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari — MTDP a’zosi Z.G‘oziyeva, O‘zXDP a’zosi S.Qo‘narova hamda 16-“Mehnatobod” saylov okrugidan O‘zXDP a’zosi K.Sharipovlar tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish o‘tkazildi. 🤝 Deputatlar o‘rganish jarayonida korxona bosh muhandisi M.Savronov bilan uchrashib, iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash hamda modernizatsiya qilish ishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. 🎯 Yakunda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va energetika tizimi barqarorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢

imgXalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari — MTDP a’zosi Z.G‘oziyeva, O‘zXDP a’zosi S.Qo‘narova hamda 16-“Mehnatobod” saylov okrugidan O‘zXDP a’zosi K.Sharipovlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida o‘rganish o‘tkazdi. 🤝 Deputatlar o‘rganish davomida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Daulanova bilan uchrashib, ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘mak berish borasidagi ishlarni tahlil qildilar. Shuningdek, mahallalarda gajirliklarni kamaytirish va ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. 🎯 Yakunda xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.
16 июн 2026

📩 Deputat so‘rovi yuborildi

img📩 Deputat so‘rovi yuborildi 🌾 Forish tumanidagi dehqon va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida chigirtka hashoratlarining ko‘payishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazayotgani yuzasidan Forish tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Yorqin Istamovich Djanadilovga deputat so‘rovi yuborildi. 🔎 So‘rovda zararlanish darajasini o‘rganish, monitoringni kuchaytirish, kimyoviy va biologik ishlov berish tadbirlarini tashkil etish, profilaktik choralarni kuchaytirish hamda aholi va fermerlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish masalalari ko‘tarildi. 📄 Qonunchilikka muvofiq, deputatlik so‘rovi yuzasidan belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan. 🤝 Mazkur masala deputatlik nazoratida. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi

img📍 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Botirov Bobir tomonidan Forish tuman Sport maktabida “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini samarali amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 🤝 Uchrashuvda sport maktabi murabbiylari bilan yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yuzasidan fikr almashildi. ⚽️ Shuningdek, yozgi ta’til davrida sport to‘garaklari faoliyatini yanada faollashtirish va ommaviy sport tadbirlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 Yoshlar tarbiyasi va ularning sportdagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 📲 Telegram (http://t.me/XDForishtumkengashi) / 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1GvL7n7Gb3/) / 📲 YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputat?si=GKsgcpRebf4QzxfM)
01 июн 2026

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..

imgTadbir davomida Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A. Berkinova tarbiyalanuvchi bolajonlarni samimiy tabriklab, ularga sog‘lom va baxtli kelajak, yorqin orzular tiladi. Shuningdek, bolalarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashib, bayram kayfiyatini yanada ko‘tardi. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 📲 Telegram (http://t.me/XDForishtumkengashi) / 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1GvL7n7Gb3/) / 📲 YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputat?si=GKsgcpRebf4QzxfM)

📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

imgTadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayramda ishtirok etgan deputat bolalarni muborakbod etib, ularning barkamol voyaga yetishi, sifatli ta’lim va tarbiya olishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, bolalarga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 📲 Telegram (http://t.me/XDForishtumkengashi) / 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1GvL7n7Gb3/) / 📲 YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputat?si=GKsgcpRebf4QzxfM)

📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

imgMahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarda deputat tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hududning ekologik holatini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 📲 Telegram (http://t.me/XDForishtumkengashi) / 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1GvL7n7Gb3/) / 📲 YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputat?si=GKsgcpRebf4QzxfM)
01 май 2026

DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

imgDEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI ✔️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Nodira Karimova boshchiligidagi viloyat Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh Forish tumanida deputatlar ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. ✔️ Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar, aholining murojaatlari hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama markazida bo‘ldi. ✔️ Shuningdek, qonunchilik tashabbuslarini joylarda samarali amalga oshirish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. ✔️ Mazkur muhokama hududni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.