Bolajonlar salomatligi va xavfsizligi — doimo e’tiborda!
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati K.Mamurova Toshkent viloyati Kengashi 33-Eshonguzar saylov okrugi deputati N.Shek bilan birgalikda tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
✨O‘rganish davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimining holati, xonalarni mavsumga tayyorlash ishlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨Deputatlar o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berib, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun munosib sharoitlarni yaratish va kuz-qish mavsumini tayyorgarlik bilan kutib olish muhimligini ta’kidladilar.