Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌿 Egizbuloq mahallasida obodonlashtirish ishlari bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 15-Egizbuloq saylov okrugidan saylangan deputati G.Egamqulova tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Egizbuloq mahallasida tozalik va obodonlashtirish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
🧹 Tadbir davomida hududlarni toza va ozoda saqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda atrof-muhitni obodonlashtirish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🤝 Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini hamjihatlikda davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Hududlarda tozalik va obodlikni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1