8-iyul kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi 112-sessiyasi kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan, tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari va boshqa masalalarni chuqur tahlil qilish maqsadida “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”, “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”, “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi” va “ Sanoat, transport qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmat ko‘rsatishmasalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ” majlisi bo‘lib o‘tdi.