Yigʻilish davomida tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Xalimov Laziz Halimovichning "Oʻzbekiston-2030" strategiyasining barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini ta'minlash boʻyicha hamda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan qilingan ishlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasida kiritish tavsiya etildi.