Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI.DEPUTATNING AXBOROTI ESHITILDI.

🔰Uchrashuvda Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputatlari Asqar Baxramov, Farxod Ibragimov, “Humo” va “Sutchilar” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.

🔰Deputat Xusan Arabbayev saylovchilarning murojaatlarini diqqat bilan tinglab, har bir masala yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3