Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Sayyor_qabul

 Aholi muammolarini o‘rganish, ularga qonuniy yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. 

    Ana shunday sayyor qabul bugun Nuroniy mahallasida bo‘lib o‘tdi.       

   Unda Toyloq tumani hokimi, tuman Kengashi raisi Bahodir Babonazarov, xalq qabulxonasi mudiri Z.Ziyodullayev, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, uy-joy, elektr energiyasi, yo‘l, ichimlik suvi, gaz ballonlarini yetkazish bilan bog‘liq muammolar shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.

    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Slide 1 of 5