Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Zukko kitobxon” tanlovini bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahrining Yoshlar innivatsion markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi RQ-1-son “2025-yil respublika mahallalarida havfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori va adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini amalga oshirish bo‘yicha Nazorat reja” ijrosi yuzasidan mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, dotsent X.Xamdamova hayʼat raisi sifatida qatnashib, tanlov ishtirokchilari bo‘lgan yoshlarga kitobxonlik madaniyati, uning inson ongi rivojlanishidagi ahamiyati, yosh avlod kamolotida va jamiyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning o‘rni haqida kerakli tavsiya va maʼlumotlar berdi. Tanlov 2 bosqichda bo‘lib o‘tdi, unda 13 ta tuman, shahardagi mahallalarda istiqomat qiladigan uyushmagan yoshlar vakillari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Natijalarga ko‘ra, Mirzacho‘l tumani vakili 1-o‘rin, Baxmal tumani vakili 2-o‘rin, Sh.Rashidov tumani vakili 3-o‘rinni egallashdi va tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi.

Slide 1 of 4