Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🔹Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanida ijtimoiy himoya, ta’lim va tibbiyot sohalaridagi mavjud holat, aholining muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbir davomida, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanida ijtimoiy himoya, ta’lim va tibbiyot sohalaridagi mavjud holat, aholining muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbir davomida, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, Nogironlar jamiyati tuman bo‘linmasi faoliyati tahlil qilinib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuvda nogironlar uchun kasb-hunar kurslari, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda reabilitatsiya va bandlikni oshirish bo‘yicha maxsus loyihalarni amalga oshirish belgilandi. Shu bilan birga, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

🔹Shu kunning o‘zida Bo‘stonliq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J.Jumayev “Xumson” mahallasida istiqomat qilayotgan tadbirkor 1-guruh nogironi Hamidulla Azimovning xonadonida bo‘lib, unga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va biznesini kengaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

🔹Tumandagi 125-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internatida ta’lim sifati va infratuzilma holati o‘rganilib, maxsus ta’lim dasturlarining samaradorligi va reabilitatsiya jarayonlari tahlil qilindi. Pedagog xodimlarga ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kelajakda jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha so‘z yuritildi.

https://t.me/TV_Kengash