Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda Qo'riq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.Boboerovaning daromad manbaini yaratish maqsadida kredit olish bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
Muloqot davomida fuqaroning mavjud imkoniyatlari, kredit mablag‘laridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi band qilish yoki qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.
Murojaat yuzasidan mahalla mas’ullari bilan birgalikda zarur amaliy choralar ko‘rilib, fuqaroga kredit olish jarayoni bo‘yicha tegishli tushuntirish va ko‘mak berildi.
Natijada fuqaroning kredit olish bilan bog‘liq masalasi ijobiy hal etilib, kelgusida barqaror daromad manbaini yaratish va oilaning moddiy farovonligini oshirish uchun imkoniyat yaratildi.