Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov hamda tuman Moliya va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B. Normatov tomonidan Qo'riq qishlog‘ida yashovchi fuqaro S. Egamberdiyeva xonadonining ijtimoiy-iqtisodiy holati manzilli ravishda o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonning ijtimoiy sharoiti, oilaning daromad manbalari, bandlik holati, mavjud muammolari hamda qo‘shimcha ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida fuqaroning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda zarur imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, oilani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda murojaat natijasini kuzatib borish belgilandi.