35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
ZUHRO MAHALLASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari va nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev hamda shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Bektoshevlar ishtirokida “Zuhro” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yuzasidan o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonlari bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, ishlarning sifati va bajarilish muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududda amalga oshirilayotgan ishlarning shunchaki bajarilishi emas, balki ular aholiga amaliy naf keltiradigan, sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan natija bilan yakunlanishini ta’minlashdan iborat.

Shu nuqtayi nazardan, o‘rganish davomida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonida amaldagi talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Zuhro mahallasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar, avvalo, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning obodligini ta’minlashga qaratilgan. Deputatlik nazorati esa ushbu jarayonlarning samarali va sifatli tashkil etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6