35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala #deputat_daftari
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Sayidmirzayev G‘ofurjon G‘ayratjonovich saylangan 8-Kaptarxona saylov okrugida Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.To‘xtasinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari hamkorligida Orzu ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushgan Orzu ko‘chasini asfaltlashtirish masalasidagi murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur masala yuzasidan ko‘chadagi mavjud holat, yo‘l qoplamasining ahvoli hamda hudud aholisi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida mazkur ko‘chani ta’mirlash ishlari tuman Kengashining tegishli qarori bilan manzilli dasturga kiritilgan.
Shuningdek, tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, Orzu ko‘chasidagi ta’mirlash ishlarini tuman obodonlashtirish bo‘limi tomonidan amalga oshirish belgilangan.
O‘rganish yakunida ko‘chani ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, hudud aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda mazkur masalaning ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3