35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, deputatlar A.Amanlikov, K.Karimova, A.Ibadullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Suvankulov, A.Sharopov hamda Kengash huzuridagi “Ekspert guruhi” a’zolari ishtirokida Boyovut tumani Madaniyat mahallasida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, yoqilg‘i zaxirasi, muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Maktabning katta korpusini isitish maqsadida 2 ta chiller qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan 1 tasi ishlamayotgani aniqlandi. Shuningdek, ta’lim muassasasiga joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 40 tonna ko‘mir yetkazib berilgan. O‘tgan mavsumda maktabga 65 tonna ko‘mir ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda yoqilg‘i miqdorining kamaytirilishi maktabda quyosh panellari hamda 2 ta chiller qurilmasi o‘rnatilgani bilan izohlandi.

Shu bilan birga, maktab hududiga o‘rnatilgan quyosh panellari hozirgi kunga qadar to‘liq ishga tushirilmagani ham o‘rganish davomida qayd etildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosari hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan ko‘mir saqlanadigan omborning ustki qismini yopish zarurligi masalasi ko‘tarildi. Mazkur masala yuzasidan tuman deputatlari tomonidan Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri bilan tegishli tartibda muhokama o‘tkazilib, muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida: 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ayni vaqtda 525 nafar o‘quvchi bir smenada ta’lim olmoqda. Ta’lim muassasasida 42 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Slide 1 of 9