35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablari asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.Kun tartibida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish,jismoniy rivojlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga hamda ovqatlanish sifatiga rioya etilishi holati yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.Muhokama davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularning jismoniy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi hamda ovqatlanishning sifati va xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar tahlil qilindi.Shuningdek, deputatlik guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarning fikrlari eshitildi. Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish,ta’lim tashkilotlarida sanitariya talablariga qat’iy rioya etish hamda sifatli ovqatlanishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan aniqlangan holatlarni bartaraf etish va kelgusidagi ishlarni tizimli tashkil etishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilandi.Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan namunaviy doimiy komissiya qarori asosida doimiy komissiyaning tegishli qarori rasmiylashtirildi.
  

Slide 1 of 3