35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
Ko‘chadagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFY raisi S.Mirzayev bilan birgalikda Lashkar ko‘chasining boshi berk qismi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning mazkur qismida yomg‘irli kunlarda yog‘ingarchilik suvlari to‘planib qolishi natijasida mahalla aholisi va piyodalar qatnovida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Suvning to‘planib qolishi hududdagi harakatlanish uchun noqulaylik tug‘dirayotgani sababli, ko‘chaning ushbu qismini ta’mirlash hamda muammoni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur muammoni hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish hamda ko‘chaning boshi berk qismini ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Masala deputat e’tiborida bo‘lib, yuboriladigan deputatlik so‘rovi natijasi va muammoning bartaraf etilishi holati nazorat qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4