35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
8-Kaptarxona saylov okrugida ichki yo'llar holati o‘rganildi
янв.21
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
Mahalla faollari bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan o‘zi deputat etib saylangan “Isfara guzari” saylov okrugi hududidagi “Isfara guzari” MFYda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahalla raisi S.Mirzayev, hokim yordamchisi D.Sherquziyev hamda mahalla faollari ishtirok etib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida mahalla hududidagi Parkent, Bog‘ibo‘ston va U.Umarxon ko‘chalarida yo‘l qoplamasining ayrim qismlarida chuqurlar paydo bo‘lgani hamda ularni ta’mirlash, ya’ni chuqurlarni yamash masalasi ko‘tarildi.

Mazkur muammo mahalla faollari tomonidan deputat e’tiboriga yetkazilib, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida yo‘llardagi mavjud chuqurlarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

A.Nosirov tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda muammoni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq boshqa muammolarni ham manzilli o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4