Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida ko‘cha boshi Qudratillayev Akramjon bilan suhbatlashilib, "Open budjet" portali orqali g‘olib deb topilgan 1 milliard 300 million so‘mlik loyiha doirasida “Chodaklik” mahallasi ko‘chalariga yangi simyog‘ochlar o‘rnatilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Mazkur loyiha hududning elektr ta’minoti infratuzilmasini yanada yaxshilash, elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish hamda aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi