Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi yo‘l mahalla yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot
янв.21
Beruniy mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
“Markaz” mahallasida ochiq muloqot: aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va qat’iy yo‘nalishlar belgilab olindi
янв.21
Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Yuqori archa” mahallasida ochiq muloqot — aholi muammolarini kechiktirmasdan hal etish uchun qat’iy vazifalar belgilab, aniq mas’uliyat yuklatildi
янв.21
“Pastki archa” mahallasida ochiq muloqot — muammolarni kechiktirmasdan hal etish bo‘yicha keskin choralar belgilandi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida dolzarb muammolar bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish — Kaptarxona mahallasida ochiq muloqot”
янв.21
Farg‘ona tumani — “Konchilar” mahallasida ochiq muloqot
Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining 37-sessiyasi

 2023 yil 28 fevral kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada quyidagi masalalar muhokama etildi. 

-Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi raisi K.Axmadalievning
2022 yil davomida odil sudlov faoliyatini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar
yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
 

-2023
yilda Oltinko‘l tumanining kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
 

-Oltinko‘l tuman mahalliy byudjetining
2023 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
 

-“Ayollar
daftari”ni shakllantirish hamda 2023 yil davomida xotin-qizlarning muammolarini
hal etish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari,
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Sultonovaning axboroti to‘g‘risida.
 

-Oltinko‘l tumanida foydalanilmasdan
turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini davlat mulki sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida.
 

-Oltinko‘l tuman ichki ishlar bo‘limi 1-son IIB Huquq tartibot maskani profilaktika katta inspektori
mayor
S.T.Arabboevning 2022 yilning 4-choragi
davomida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan olib borilgan ishlar xaqida”gi
hisoboti to‘g‘risida. 

-Oltinko‘l tumani “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi
tomonidan sarflanishi rejalashtirilgan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida.
  

-Xalq deputatlari tuman Kengashining
2023 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
 

  Fuqarolarimiz xayotiga daxldor masalalar bilan birga tumanimizda
joriy yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan reja va dasturlar muhokamasi
o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 14