Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Viloyatda 2025-yil davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni baratarf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat prokurorining axboroti haqida, viloyatda 2025-yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti haqida, viloyat adliya boshqarmasining 2025-yilda norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazining faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan "Yo'l xaritasida" belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Yig`ilishda Kengash raisi S.Fayziyeva, doimiy komissiya a'zolari, tegishli boshqarma va hokimlikar mas'ullari ishtirok etishdi.

Slide 1 of 10