Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
KAMBAG'ALLIKDAN CHIQARISH CHORALARI MUHOKAMA ETILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Jingavuz" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Fuqarolar bilan suhbat jarayonida deputat P.Ro'ziboyev har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi. Muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: 

Tadbirkorlikka yo‘naltirish: O‘z xonadonida kichik biznes yoki hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va ssudalar ajratish tartibi tushuntirildi; 

Bandlikni ta’minlash: Ishsiz oila a’zolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish bo‘yicha aniq choralar belgilandi; 

Ijtimoiy yordam: Tibbiy xizmatga muhtoj, nogironligi bor yoki uy-joy sharoitini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgan oilalarning masalalari joyida o‘rganilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Uchrashuv yakunida Kengash raisi shunchaki moddiy yordam berish emas, balki oilalarni "oyoqqa turg‘azish", ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va har bir murojaat natijasi shaxsan nazorat qilinishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 5