Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Murodovlar tumandagi “Jondortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

✔️O‘rganish davomida, aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, gaz ballonlarini yetkazib berish oyma-oy tasdiqlangan jadvalga amal qilinishi, Face ID tizimidan foydalangan holati, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

✔️Shuningdek, mutasaddilarga aholi bilan ochiq va tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda gaz ta’minotida shaffoflikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

✔️Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5