Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#doimiy_komissiya 💸 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘oliblarini rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala Ishtixon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning 2026-yil 9-apreldagi 2/2955-son bildirish xati hamda Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 7-apreldagi 01-38-358-son xulosasiga asosan ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida g‘olib bo‘lgan 5 nafar iqtidorli yoshni rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish taklifi bildirildi.

🏆 Tanlov g‘oliblari:

▪️ Bayriyeva Oydin

▪️ Saydullayev Shaxriyor

▪️ Sultonova Sevinch

▪️ Po‘latxonov Saidxon

▪️ Abduraxmonov Shoxrux

💰 Ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 2 mln 60 ming so‘mdan, jami 10 mln 300 ming so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur rag‘batlantirish iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yangi yutuqlarga ruhlantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2