Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
#deputat_sorovi ✅15-son oilaviy poliklinika uchun yangi bino qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Ishtixon tumanidagi 15-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish va uning o‘rnida yangi 50 qatnovli bino barpo etish ishlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

➕ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, mavjud poliklinika binosi o‘rniga yangi 50 qatnovli bino qurilib, u 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirilishi belgilangan.

Deputat so‘rovda quyidagi masalalar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan:

🔹 2026-yil I choragi davomida qanday ishlar amalga oshirilgani;

🔹 qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;

🔹 obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati;

🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati va qurilish ustidan nazorat holati.

Yangi poliklinika binosining qurilishi aholi uchun zamonaviy va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, 1-tip oilaviy poliklinika talablari asosida tashkil etilishi natijasida fuqarolar uchun birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va qamrovi yanada yaxshilanadi.

✅ Deputat tomonidan yuborilgan ushbu so‘rov orqali davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish ishlari sifati ustidan samarali deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1