Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
UCHOLISH SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Axmedova, kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A.O‘rmonovalar Ucholish mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ucholish oilaviy shifokorlik punktida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan qarorlari, xususan, birlamchi tibbiy xizmatni rivojlantirish va aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilashga oid qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ro‘yxat asosida aholiga yetkazilishi, ularning hisobini yuritish va nazorat qilish tizimi ham o‘rganildi. Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini to‘liq qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4