Qiziltepa tumanida MTT faoliyati o‘rganildi.
Qiziltepa tumanida MTT faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning obodonchiligi, bolalarning ovqatlanishi hamda sanitariya holatlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida muassasa hududida olib borilayotgan ishlar, tartib-intizom, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish sharoitlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va sanitariya talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bolalar salomatligi va xavfsizligi — doimiy e’tiborimizda!