Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
“Deputat mahallada”

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Z.Kayumov, Mirobod tumani “Birodarlik” MFY binosida “Deputat qabuli” bo‘lib o‘tdi.

“Sayyor Qabulda mahalla aholisi, deputatlar va jamoat vakillari ishtirok etdi.

Qabulda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, daraxtlarni asrash va ko‘kalamzorlashtirish, atmosfera havosini himoya qilish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi yo‘nalishlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan murojaatlar yuzasidan qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi, ayrim muammolar joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.

“Sayyor qabul”ning asosiy maqsadi aholining muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, samarali muloqot o‘rnatish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Qabul ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.
 

Slide 1 of 2