Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: Hokim yordamchisi ko‘magi – oilaviy tadbirkorlik poydevori.

✅Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish va mahallabay ishlash tizimi natijalari doimiy e’tiborda.

✅ O‘rganish jarayoni:

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Rajabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan “Birdamlik” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Asosiy maqsad: Muhtaram Prezidentimizning PQ-55-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish hamda har bir xonadonda doimiy daromad manbalarini yaratishdan iborat.

✅ Amaliy natija: Xonadondagi kichik biznes

O‘rganish davomida mahalla raisi va hokim yordamchisining tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, o‘z xonadonida zamonaviy issiqxona tashkil etgan tadbirkor Imomqul O'tamurodovning xonadonida bo‘lindi.

✅"Hokim yordamchisining yo‘nalish berishi va davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar sabab bugun o‘z tomorqamizda daromad topyapmiz. Bu nafaqat oilamiz byudjetiga baraka, balki bozorlarimizga sifatli mahsulot yetkazib berish demakdir", — deydi xonadon sohibi.

✅Ushbu o‘rganishlar tuman bo‘ylab davom etmoqda. Maqsad bitta — “Har bir oila tadbirkor” tamoyili asosida aholi farovonligini yuksaltirish!

Slide 1 of 1