Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YAXSHILASH BO‘YICHA QAROR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
21-SESSIYAGA TAYYORGARLIK: HUDUD RIVOJIGA XIZMAT QILADIGAN MASALALAR SHAKLLANTIRILDI
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshabayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshabayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshabayev “Mevazor” saylov okrugida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, saylovchilar oldida batafsil axborot berdi.

✅ Deputat dastlab “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari va aholi vakillari bilan samimiy suhbat qurdi. Jarayonda deputatga “Milliy tiklanish” DP Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev hamrohlik qildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tinglanib, har bir murojaat alohida e’tibor bilan o‘rganildi.

🔴 Xususan, mahalla hududida boshlangan, biroq turli sabablarga ko‘ra yakuniga yetmay qolgan qurilish obyekti aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Deputat ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda obyektni tez fursatda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

🏥 Shuningdek, deputat hududdagi 39-sonli oilaviy poliklinika filialida bo‘lib, tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida muassasa binosining ta’mirtalab holati qayd etilib, uni qisqa muddatda ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

📊 Hisobot davrida deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni joyida hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan qabullar va uchrashuvlar davomida kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati bo‘yicha amaliy yechimlar topildi.

🌀 Bundan tashqari, deputat 2026-yilning birinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, sog‘liqni saqlash va infratuzilma yo‘nalishlaridagi masalalar muhokamasida qatnashdi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinishi, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 8