Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
🔹 6 aprel — Kengash kotibiyati mudiri Sh.Raximov
tashabbusi bilan o‘tkazilgan Ekspert guruhi yig‘ilishida (ma’ruzachi — O.Dadajonova) qarorlarning asosli, puxta va
samarali qabul qilinishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🔹 7 aprel — Doimiy komissiya yig‘ilishida qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.
🔹 8 aprel — Mahalliy budjet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya
yig‘ilishida budjet mablag‘larini samarali taqsimlash, “Tashabbusli budjet” jarayonlari
hamda suv resurslarini oqilona boshqarish masalalari muhokama etildi.
🔹 9 aprel — Kengash deputatlari tomonidan mahallalarda qarorlar ijrosi o‘rganilib,
aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularga manzilli yechimlar ishlab
chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 10 aprel — Kengash raisi B.Axmadjonov,
kotibiyat mudiri Sh.Raximov hamda
“Madad” NNT vakili ishtirokida Guzar MFYda o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida
aholi murojaatlari eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
✳️ Umuman, 6–10 aprel kunlari davomida
amalga oshirilgan ishlar ochiqlik, hisobdorlik va xalq manfaatlarini ta’minlashga
qaratilgan izchil faoliyatning amaliy ifodasi bo‘ldi.