Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Mahallada muammolarni o‘rganish va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishla

Mahallada muammolarni o‘rganish va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar

🌐Hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🗓️ Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi “Yoshlik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

✍️ O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva ishtirok etib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✉️ Muloqotlar davomida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✍️Bu kabi o‘rganish ishlari hududlardagi muammolarni joyida hal etish, aholi roziligini ta’minlash va tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5