Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va bandlikka ko‘maklashildi

📍 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va bandlikka ko‘maklashildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5-To‘quvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda “Boshliq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Egamberdiyev Dusmurod Eshmurodovich, hokim yordamchisi Safarov Fazliddin Xamid o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Xolnazarov Sarvar Ulug‘bek o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Azamatov O‘ktam Isoq o‘g‘li, soliq inspektori Toshkentboyev Kamol Utkirovich hamda profilaktika inspektori Jurabayev Sunnatillo Muzaffar o‘g‘li bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan fuqaro Mamedova Nigoraning bandligini ta’minlash masalasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham atroflicha o‘rganildi. Xususan, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan ushbu fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar amalda qay darajada bajarilgani, ya’ni masala haqiqatdan ham hal etilgan yoki etilmaganini aniqlash maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning faoliyati, ish sharoitlari hamda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham tahlil qilindi.

Shuningdek, unga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qandolat sexi ochishida ko‘maklashilganligi qayd etilib, ushbu faoliyat orqali barqaror daromad manbai shakllanayotgani aniqlandi. Fuqaroning kelgusida faoliyatini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda bozor talabiga mos ravishda rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Hududda aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1