Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasiga kiritilgan masala yuzasidan, deputatlar boshchiligida shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan tumanda aholining salomatligini mustahkamlash, yuqumli, parazitar hamda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Boyovut tuman bo‘limida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, jamoat salomatligini ta’minlash, kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi, mavjud holat hamda erishilgan natijalar chuqur o‘rganildi. Shu bilan birga, tizimda uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar ham aniqlashtirildi.

O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohaga oid ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 7