Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tuman hokimligiga deputatlik so'rovi yubordi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tuman hokimligiga deputatlik so'rovi yubordi

️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova tomonidan Olmazor tumani “Allon” mahallasi Farobiy ko‘chasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish natijasida, Farobiy ko‘chasi 291-uyni oldida yo‘nalishli avtobus to‘xtash nuqtasi belgilangan, ammo yo‘lovchilarnining yo‘nalishli trasportlarni kutishlari uchun bekat mavjud emasligi hamda avtobus bekatlarining uzoqligi va bu holat maktab o‘quvchilari, yoshi katta va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. 

Shu munosabat bilan deputat Feruza Salomova Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi 291-uyni oldidagi yo‘nalishli avtobus to‘xtash nuqtasi belgilangan bo‘lib, mazkur masala uchun moliyaviy manbalar aniqlanmagan taqdirda, ushbu taklifni 2026–2027-yillar hududiy rivojlantirish dasturiga kiritishingizni hamda yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu holatni o‘rganib, amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lumot berishligi yuzasidan Olmazor tumani hokimligiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala yuzasidan Olmazor tumani hokimligidan javob olingach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Slide 1 of 1