Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#deputatlik faoliyati

#deputatlik faoliyati

#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi, #Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, #Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holatlari hamda #Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati samaradorligi o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Xaitqulov Narimon Manatovich tomonidan "Galabotir" MFYda faoliyat olib borayotgan "mahalla yettiligi" hodimlari faoliyati o'rganildi.

📖O‘rganish jarayonida har bir hodimning faoliyatiga alohida to'xtalib o'tildi:

🔹Ijtimoiy hodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nafaqa va moddiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan individual ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔹Soliq inspektori faoliyati ko‘rib chiqildi. Unda hududdagi tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliqlarni o‘z vaqtida undirish, yashirin iqtisodiy faoliyat holatlarining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi. 

🔹Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularni amaliy hal etish darajasi ham alohida ko‘rib chiqildi.

🔹 Yoshlar yetakchisi faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga jalb etish, bandligini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4