Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputat qabuli tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputat qabuli tashkil etildi

🏛 Mazkur qabulda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda mahalla raisi, faol fuqarolar, nuroniylar va yoshlar qatnashib, hududdagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Xususan, 6A-uy 5-kirishdagi liftning tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani va uning muntazam ishlashini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, 11-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan uyning pastki qismida shaxsiy avtomobillarni tartibli saqlash maqsadida avtoturargoh tashkil etish masalasi ilgari surildi.

📁 Bundan tashqari, mahallaning nuroniylaridan biri sanatoriyaga yo‘llanma olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Yana bir murojaat ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talaba qiz tomonidan bildirilgan bo‘lib, u oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovini amalga oshirishda yordam berishni so‘radi.

🔎 Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muhokama olib borildi. Muammolarni ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi, ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

📉 Shuningdek, bunday qabullar aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, har bir masala qonuniy asosda hal etilishi deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani yana bir bor ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7